Flutter Maktabi
Flutter Maktabi
  • πŸ‘‹Flutter Maktabiga Xush Kelibsiz!
  • Flutter'ni O'rganish
    • πŸš—Boshlang'ich
      • 🧺Dart Asoslari
        • Mening birinchi dasturim πŸŽ‰
  • Bosqichlar
    • πŸ–₯️100 Kunlik Flutter Chellenji
    • 🎨Jamoamizga qo'shiling
  • FOYDALI MAQOLALAR
    • Flutter’da Dizayn Tizimini Yaratamiz
    • Flutter ilovalarini optimallashtirishning eng yaxshi usullari: Mutaxassis qo'llanmasi
Powered by GitBook
On this page
  • Dart Haqida
  • Dart Tilidan Foydalanish πŸ’»
  • DartPad Platformasi

Was this helpful?

  1. Flutter'ni O'rganish
  2. Boshlang'ich

Dart Asoslari

Flutter matkabimizga xush kelibsiz! Flutter darslarimizga sho'ng'ishdan oldin, uning asosini ya'ni Dart tilini tushunishimiz kerak. Dart asoslarini o'rganish orqali Flutterni o'zlashtirish ancha osonroq bo'ladi.

Bu yerda ixtiyoriy video darslik ham mavjud, siz ushbu video darslikni tomosha qilishingiz yoki quyidagi yozma qo'llanma orqali ham o'rganishingiz mumkin.

Dart Haqida

Dart nima?

  • Dart β€” bu Google tomonidan ishlab chiqilgan dasturlash tili.

  • Mobil, kompyuter, server va veb-ilovalarni yaratishda foydalaniladi.

  • Tez, oson va ko'pgina qo'layligi bilan mashhur.

Dart ham OOP ya'ni Obyektga yo'naltirilgan dasturiy til hisoblanadi va uning sintaksisi ya'ni ko'rinishi Javascript, Java va C# tillari aralashmasiga o'xshaydi. OOP nimaligini bilmasangiz xechqisi yo'q tez orada o'rganib olasiz!

Dart Tilidan Foydalanish πŸ’»

Dart tilida kod yozishimizning ikki usuli mavjud.

  1. Biz o'zimiz qurilmamizga barcha kerakli narsalarni o'rnatamiz va shu orqali ishlaymiz.

  2. Biz tayyor platformadan foydalanamiz.

Bilaman ko'p ehtimol bilan siz ikkinchisini tanlaysizlar : ). Ammo birinchi usulni ham o'rganib qo'yish zarar qilmaydi. Hozircha ishimiz tezroq bitishi uchun ikkinchi yo'ldan foydalanib turamiz, nasib qilsa ikkinchi bo'limda sizlarga qanday qilib o'zimizni qurilmaga Dart va Flutter'ni o'rnatishni o'rgatamiz.

DartPad Platformasi

Sizda tahminan yuqoridagidek sahifa ochilishi kerak. Agar shunday bo'lsa tabriklayman ana endi keyingi sahifaga o'tib o'zingizni birinchi Dart dasturingizni yozib ishga tushirib ko'rishingiz mumkin.

PreviousBoshlang'ichNextMening birinchi dasturim πŸŽ‰

Last updated 11 months ago

Was this helpful?

Dart tilida kod yozishimiz uchun kelingizlar Google tomonidan tayyorlangan onlayn DartPad platformasidan foydalanamiz. Quyidagi havola orqali DartPad platformasiga o'ting.

πŸš—
🧺
https://dartpad.dev/
DartPad Platformasi