Flutter Maktabiga Xush Kelibsiz!
Last updated
Was this helpful?
Last updated
Was this helpful?
Bizning yagona maqsadimiz - Flutterni o'rganishni hamma uchun oson va qiziqarli qilish. Flutterga birinchi qadam qo'yayotgan bo'lsangiz ham yoki tajribali dasturchi bo'lib, malakangizni oshirmoqchi bo'lsangiz ham, bizda hamma uchun yangi bilimlar mavjud.
Tushunish oson. Bizning darslarimiz tushunarli bo'lib, murakkab Flutter kodlarini oson tushunishga yordam beradi.
O'rganish qulay. Qadam-baqadam o'rganish yo'li bilan, boshlang'ich darslardan murakkab mavzularga oson va qulay o'tishingiz mumkin.
Do'stlar bilan qiziqarli. Sizning ishtiyoqingizni bo'lishadigan ko'plab dasturchilar bilan birga bo'ling. Birga o'rganing, bo'lishing va rivojlaning.
Real loyihalar bilan esa shiddatli. Haqiqiy loyihalar ustida ishlang va Flutterni haqiqiy dunyoda qanday ishlashini ko'ring.
Interaktiv darslar: Qiziqarli va amaliy mashg'ulotlar bilan Flutterni o'rganing.
Chempionatlar: Bilimingizni sinab ko'ring va yutuqlarni qo'lga kiriting!
Onlayn tadbirlar va vebinarlar: Eng so'nggi yangiliklar va trendlarni bilib oling.
Flutter sayohatingizni 100 Kunlik Flutter Chellenji bilan boshlang. Agar siz Flutter'ga endigina qadam qo'yayotgan bo'lsangiz bu aynan siz uchun. Ushbu chellenjlar sizni Flutter'da boshlang'ich darajadan o'rta darajaga olib chiqish uchun mo'ljallangan. Chellenjlarni qabul qiling va o'rganishni boshlang!