100 Kunlik Flutter Chellenji
Flutterning 100 kunlik chellenjiga xush kelibsiz. Agar siz Flutterda mutlaqo yangi bo'lsangiz, mobil dasturlash karyerangizni boshlash uchun ajoyib manzilga keldingiz.
Keyingi 100 kun ichida siz Flutterdagi eng muhim mavzularni o'rganasiz, masalan:
Dart asoslaridan tortib murakkab darajagacha
Flutter'ni o'rnatish va sozlash
Vidjetlar
Sahifalar bilan ishlash (Navigatsiya)
Ma'lumotlarni boshqarish (State Management)
HTTP So'rovlari
Qurilma xotirasidan foydalanish (Shared Preferences, SQL, Hive)
Qurilma imkoniyatlaridan foydalanish (Camera, GPS)
Animatsiyalar
Unit testlash va vidjet testlash
Dasturimizni Play Market and App Store'ga chiqarish
Darslarimiz yagunida, sizda kuchli bilim va ajoyib portfolio mavjud bo'ladi. Darslar davomida eng kamida 6 ta katta loyiha ustida ishlaymiz:
Netflix UI
Spotify UI
Instagram va uning barcha asosiy funksiyalari
X/Twitterning va uning barcha asosiy funksiyalari
Google Docs va
Kripto hamyon
Chellenjni qabul qiling va o'rganishni boshlang!
0-kun: Tayyorlanish
Boshlashdan oldin, keling o'zimizga ba'zi qoidalarni belgilab olsak. Agar to'g'ri tartib va rejaga asosan o'rgansak ishonchim komil siz juda katta natijaga erishasiz.
Darsliklardagi har bir so'zni o'qish juda muhim. Hattoki nuqta va vergulni ham o'tkazib yubormang.
Dasturlash sohasiga kirish oson emas. Bu yerda ham raqobat juda katta va kuchli. Unda o'z o'rningizni topish uchun siz haqiqatan ham yaxshi dasturchi bo'lishingiz kerak. Agar yuqori maoshli ishga intilayotgan bo'lsangiz, eng zo'rlaridan biri bo'lishingiz kerak. Ammo eng yaxshi bo'lish asosan tinimsiz mehnat, izlanish va o'rgangan bilimlaringizni real hayotda sinash ko'rishni talab qiladi.
O'z ustingizda ishlashdan va o'rganishdan to'xtamang, ishonamanki siz albatta o'z maqsadingizga erishasiz.
Taslim bo'lmaslik haqida
Albatta 100 kun ichida dasturlashni o'rganish oson emas, agar oson bo'lganida hamma dasturchi bo'lardi. Ushbu 100 kunlik sayohatda shunday kunlar bo'ladiki siz o'zingizni haddan tashqari bosim ostida his qilasiz, charchaysiz, kerakmidi menga shu dasturlash deysiz, ko'zingizga dasturlash yomon ko'rina boshlashi ham mumkin va bu MUTLAQ NORMAL holat. Ammo eng muhimi, taslim bo'lmaslik va sayohatni davom ettirish. Shundagina siz haqiqiy dasturchi bo'lishingiz mumkin.
Ba'zida kodlarni bir qismini tushunmasligingiz ham mumkin, ammo taslim bo'lishga shoshilmang, buni xuddi yangi darajaga ko'tarilishdek tasavvur qiling. Buni rivojlanishingiz uchun imkoniyat deb biling.
Ko'p marta siz "ehhh bu men uchun emas, men dasturchi bo'lish uchun yetarli darajada aqlli emasman" deb o'ylashingiz mumkin, ammo ishonchingiz komil bo'lsin, men ham xuddi shunday shubhalar bilan sizdek o'ylaganman, sizning holatingizda bo'lganman.
Agar bironta vazifada yoki kodda to'xtab qolgan bo'lsangiz, be xijolat Google yoki chatGPTdan foydalaning. O'zingizga bo'lgan ishonchsizlik - bu sizga tanish bo'lmagan narsalardan qo'rqishdir, uni bilganingizdan keyin, qo'rquv yo'qoladi.
Men odatda chatGPT'dan shunday so'rayman:
Mana sizga bir misol:
Nima uchun yozma qo'llanmadan o'rganish kerak, faqatgina video darsliklardan emas?
O'rganishning eng yaxshi usuli - bu amalda qo'llashdir, dasturlashni o'rganish ham xuddi shunday. O'rganish paytida vaqtingizning 80% kod yozish bilan o'tishi kerak, ko'pchilik buni aksini qiladi ya'ni 80% videoni ko'rish 20% esa kod yozish.
Bilimlaringizni amalyotda ham qo'llang faqat bu yigitdaqa amalyot bo'lmasin : )
Eng muhimi, agar loyihangizda blokcheyn, generativ AI yoki AR/VR kabi chuqur texnologiyalarni qo'llayotgan bo'lsangiz, bu haqida video qo'llanmalar topish qiyin. Shu sababli, ularni yozma qo'llanmalari orqali amaliy o'rganish eng samarali yo'ldir!
Demak yozma qo'llanmalarni tez o'qib va tushuna olsangiz siz dasturlash bozorida ko'pgina boshqa dasturchilardan ajralib turasiz. Bu ko'nikmani yaratish va rivojlantirish maqsadida ham 100 Kunlik Flutter Chellenji yozma ravishda tayyorlanmoqda, video qo'llanmalarda emas : )
Do'stlar bilan qiziqarli
Siz bilan endi bir jamoada bo'lamiz. Bizda o'z yutuqlaringiz bilan o'rtoqlashishingiz, yordam so'rashingiz va boshqalarga yordam berishingiz mumkin bo'lgan jamoa bor. U yerda doim bir-birimizni qo'llab-quvvatlashga harakat qilamiz.
Ishoning, dasturlashni o'rganayotganda qilgan eng katta xatoyim jamoalarga qo'shilmaslik edi. Boshqalarga o'rgatish, yordam berish va ulardan yordam so'rash - o'rganishning eng yaxshi yo'li ekan.
Sizga bizning telegram guruhimizga qo'shilishni, do'stlaringiz bilan 3-4 kishidan iborat jamoa tuzishni, ular bilan vaqt o'tkazishni va ushbu 100 kunlik chellenjni birgalikda boshlashingizni tavsiya qilaman.
Kim biladi, ehtimol siz bu 3-4 kishi bilan startap tashkil qilarsiz, hech bo'lmaganda men va do'stlarim shunday qilyapmiz.
Imkoniyat yaratish
Yana bir narsa, hayotimdagi eng katta xatolardan biri loyihalarim haqida ijtimoiy tarmoqlarda hech qachon yozmaganligim edi. Loyihalarim/o'rgangan narslarim haqida ijtimoiy tarmoqlarda yozishni boshlaganimdan keyingina juda ko'p imkoniyatlarga ega bo'ldim (amaliyotlar/freelancer'lik qilish/ish topish/do'stlar orttirish).
Shunday ekan, siz uchun vazifa: kunlik vazifangizni tugatganingizdan keyin, uni ijtimoiy tarmoqlarga, Telegram, Instagram, LinkedIn yoki Twitterga joylashtiring, o'zingizga ma'qul kelgan platformani tanlang YouTube ham ajoyib platforma. Agar xohlasangiz, meni tag qilishingiz mumkin, men esa postingizni o'qib o'zimni kanalimda ham qayta post qilishim mumkin!
Mana sizga bir namuna:
Agar diqqat bilan qarasangiz, yuqoridagi post 3 ta muhim qismga ega,
Nima yaratdingiz?
Buni yaratishda qanday yo'llardan o'tdingz.
Qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz (eng muhimi)
100 Kunlik Chellenj boshlandi!
Ajoyib, endi bu chellenjni boshlash uchun tayyormiz deb o'ylayman. Umid qilamanki, yuqoridagi biror qismni o'tkazib yubormadingiz :))
Iltimos, 1 kun ichida 5 kunlik mavzuni tugatib 5 kun bo'sh o'tirmang, doimiylik >>>> natija.
Barchasi amaliy va o'rgansa bo'ladigan mavzular, ammo biroz qiyinchiliklarga tayyor bo'ling.
1-30 Kun: Asosiy bilimlarni yaratish
1-kun
Boshlang'ich
π§Ί Dart asoslari
Tez orada
2-kun
Boshlang'ich
Tez orada
3-kun
Boshlang'ich
π Flutter'ni o'rnatish va ishga tushurish
Tez orada
4-kun
Boshlang'ich
π£ Hello World
Tez orada
5-kun
Boshlang'ich
Tez orada
31-60 Kun: Tez orada
61-90 Kun: Tez orada
91-100 Kun: Tez orada
Last updated
Was this helpful?